YeI kengashidagi raislik Bolgariyaga o‘tdi
Yevropa Ittifoqi Kengashidagi raislik rasman Bolgariyaga o‘tdi. Sofiyada Bolgariyaning Yevropa Ittifoqi Kengashidagi olti oylik raisligiga bag‘ishlangan rasmiy marosim o‘tkazildi.
Marosimda so‘zga chiqqan Bolgariya prezidenti Rumen Radev, kirill alifbosining vatani, Bolgariya «ko‘p asrlar mobaynida Yevropaning janubi-sharqiy darvozasi va Sharq hamda G‘arbni bir-biriga bog‘lovchi ko‘prik sifatida hisoblab kelinganini» ta'kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Bolqon yarim orolini bo‘lishga urinish har doim fojiaga olib kelgan.
«Yevropa birlashgan bo‘lishi juda katta, lekin ajralgan holda bo‘lishga juda kichik», - dedi Radev.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, migratsiya va terrorizm Yevropa Ittifoqi qo‘shnilari bilan faol muloqotni talab qilmoqda.
O‘z navbatida, Yevropa parlamenti raisi Antonio Tayani Yevropa Ittifoqi Kengashidagi raislik davrida Sofiya YeP tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini ta'kidladi.
«Bolgariya raisligi davrida biz YeIni yanada samaraliroq, demokratik va moslashuvchan tuzilmaga aylantirish yo‘llari haqida o‘ylashimiz kerak», - deya hisoblaydi Tayani.
Mavzuga oid
10:05
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
22:39 / 04.11.2024
Xitoy Yevropa Ittifoqi bilan elektromobillar bo‘yicha «savdo urushiga» kirishdi
17:30 / 04.11.2024