Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Norvegiyaga kompyuter o‘yinidagi qiruvchilarni «sotib yubordi»
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Vashington Norvegiyaga Call of Duty kompyuter o‘yinida bor bo‘lgan qiruvchilarni sotib yuborgan. Bu haqda The Washington Post yozmoqda.
«Noyabrda biz dastlabki F-52 va F-35 qiruvchisini yetkazib berishni boshladik. Hammasi bo‘lib 52 ta», - degan Tramp.
Gazetaning ta'kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar prezidenti, aftidan, raqamlarda adashib ketgan: u bor bo‘lgan qiruvchilar nomini birlashtirgan hamda 52 soni – Norvegiyaga yetkazib berilgan qiruvchilarning umumiy miqdoridir.
Oq uy matbuot kotibi ham, kompyuter o‘yinini yaratgan kompaniya ham Trampning so‘zlariga hozircha izoh berishmadi.