Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Frantsuz nonini YuNeSKOning nomoddiy merosi ro‘yxatiga qo‘shish taklif etildi
Foto: Reuters
Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron fransuz bagetini (uzun va ingichka ko‘rinishga ega non turlaridan biri) YuNeSKOning nomoddiy merosi ro‘yxatiga qo‘shishni taklif qildi. U bu taklifni RTL telekanali efirida bildirdi.
“Baget fransuzlarning kundalik hayotidir, non esa bu alohida tarix, bu fransuzlarning har kungi tongi, peshini va kechasidir”, deb aytgan Makron. Uning aytishicha, fransuz bagetiga “butun dunyo havas qiladi va shu sababli uni nomoddiy meroslar ro‘yxatiga kiritish lozim”.
Frantsuz bageti batonga o‘xshash ichi yumshoq, usti qisir-qisir bo‘ladi. Standart bagetning uzunligi 65 sm, eni 5-6 sm, bo‘yi esa 3-4 sm, og‘irligi esa 250 g.ga yaqin bo‘ladi.
Mavzuga oid
21:15 / 11.12.2025
Sumalak tayyorlash YuNeSKO nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi
13:00 / 11.12.2025
Qoraqalpoq o‘tovi YuNeSKO nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi
17:45 / 10.12.2025
Saida Mirziyoyeva qo‘biz va o‘tovning YuNeSKO madaniy meros ro‘yxatiga kiritilganini olqishladi
11:20 / 10.12.2025