Fan-texnika | 16:57 / 13.01.2018
15509
2 daqiqa o‘qiladi

Mercedes-Benz G-Class ulkan smola bo‘lagiga joylashtirildi

Foto: Mercedes-Benz

Germaniyaning Mercedes-Benz kompaniyasi Kobo markaziga kiraverishda sintetik smoladan yasalgan ulkan installyatsiya o‘rnatdi. U Detroyt avtosaloniga kompaniyaning tayyorgaligi hisoblanadi. Smolaning ichida 1979 yilda ishlab chiqilgan haqiqiy G-Class modelini joylashtirishdi. O‘ziga xos san'at asari «vaqtga bo‘ysunmaslik»ni anglatishi kerak.

Kompaniyaning xabar qilishicha, ular qahrabo singari original G-Class mashinasining «genetik materialini konservalash»ning uddasidan chiqishgan va yo‘ltanlamasni shu usulda kelgusi avlodga yetkazishga qaror qilishgan. Uning uzunligi 5,5 metr, eni — 2,55, balandligi — 3,10 metrni tashkil etadi. Ushbu o‘rnatmani hosil qilishga mualliflar 90 kun va 44,4 tonna sintetik smola ishlatishgan. 

Detroyt avtosalonida yangi avlod G-Class yo‘ltanlamasining jahon taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Ishlab chiqaruvchi niqoblangan mashina suratlarini e'lon qilgan bo‘lsa-da, internet tarmog‘ida niqobsiz fotosuratlari ham paydo bo‘ldi. 

Bundan tashqari, yangi yo‘ltanlamasning ayrim texnik xususiyatlari ham ma'lum. Masalan, yangi avlod G-Class 9 diapazonli avtomatik uzatmalar qutisi va og‘ir yo‘l sharoitlari uchun maxsus elektronik boshqaruv tartibiga ega bo‘ladi. 

Mavzuga oid