Sport | 18:11 / 15.01.2018
5904
2 daqiqa o‘qiladi

Denis Istomin Australian Open musobaqasini g‘alaba bilan boshladi

Foto: Australian Open

Melburn shahrida tennis bo‘yicha «Katta dubulg‘a» tasnifiga kiruvchi Australian Open  turniri start oldi. ATR reytingida 56-o‘rinda borayotgan Denis Istomin turnirning birinchi raundini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

O‘zbekistonlik tennischi birinchi davrada fransiyalik ATR reytingida 81-o‘rinda borayotgan Per-Hyuz Erberga qarshi kortga chiqib raqibini to‘rt set yakuniga ko‘ra, 6:2, 6:1, 5:7, 7:6 (taybreykda 7:3) hisoblarida mag‘lub etdi va ikkinchi davraga yo‘llanma oldi.

Ikkinchi davrada Denis Istominga ATR reytingida 50-o‘rinni band etib turgan 23 yoshli britaniyalik tennischisi Kayl Edmund raqiblik qiladi. Ma'lumot uchun, Kayl turnirning birinchi davrasida musobaqaning 11-tartib raqamli tennischisi, dunyoning yetakchi tennischilaridan biri janubiy afrikalik Kevin Andersonni besh setda 6:7 (4:7), 6:3, 3:6, 6:3, 6:4 hisoblarida mag‘lub etib sensatsiya qayd etgan.

Denis Istominning birinchi raundagi muvaffaqiyatli o‘yini asosiy vaziyatlarini quyida tomosha qilishingiz mumkin:

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid