Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda uka o‘z akasini pichoqladi
Bolaligida hamma orzular osmonida uchib yuradi. Katta odam bo‘lishni, mashina olishni, chiroyli uylarda yashashni orzu qiladi. Lekin hech kim jinoyat qilaman, deb orzu qilmasa kerak. Biroq hayotda yengil yo‘lni tanlash, turmush qiyinchiliklariga dosh bera olmaslik va boshqa sabablar ta'sirida ayrim kishilar jinoyatga moyil bo‘lib qoladilar.
1973 yilda tug‘ilgan Sardor Eshimov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) bolaligida ota-onadan yetim qolib, bolalar uyida katta bo‘lgan. U birinchi marta sudning qora kursisiga o‘tirganida 17 yoshda edi. Oq-qorani ajratmaydigan, g‘o‘r o‘smirning jinoyat ko‘chasiga kirishi ko‘pchilikni hushyor torttirdi. O‘shanda unga uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi. Jazodan bir yildan so‘ng, muddatidan oldin ozod qilindi. Ammo u o‘ziga berilgan imkoniyatdan foydalana olmadi. Yana ikki marta sudlandi. 2001 yilda amnistiya akti asosida jazodan ozod qilingan Sardor foydali ish qilmadi. Na oila qurdi, na biron kasb-hunarning etagidan tutdi. Akasining hisobiga yashab keldi. Ustiga-ustak spirtli ichimliklarga ruju qo‘ydi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Bu voqea sodir bo‘lgan kunda ham Sardor mast edi. O‘sha kuni tun payti qo‘shnisi D.Rajapov pul berib, aroq olib kelishni so‘radi. Sardor aroq va non olib keldi. Birga spirtli ichimlik ichib o‘tirishganida akasi M.Eshimov kelib qoldi.
- Qachongacha aroqqa boshingni yuvasan? Undan ko‘ra foydali ish bilan shug‘ullansang bo‘lmaydimi? Nima uchun seni boqishim kerak?
Akaning bu tanbehi ukaga malol keldi. Qo‘lidagi pichoqni unga tiqib oldi. Qo‘rqib ketgan D.Rajapov Sardorning qo‘lidan pichoqni olmoqchi bo‘ldi. Biroq pichoq uning ko‘kragiga qadalib, hushini yo‘qotdi.
Akasi va qo‘shnisining hushsiz yotganidan ularni o‘lgan, deb gumon qilgan Sardor bir muddat boshini ushlab o‘tirdi. Keyin qo‘shnilarnikiga chiqib, bo‘lgan voqeani aytib berdi. Qo‘shnisi tez yordamga va ichki ishlar bo‘limiga qo‘ng‘iroq qildi.
M.Eshimov shifokorlar ko‘magida o‘z salomatligini tikladi. D.Rajapov esa og‘ir jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi, gapirish qobiliyatini yo‘qotdi.
Sud hukmi bilan S.Eshimov o‘n yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Inson jamiyatda yashar ekan, atrofdagilar bilan hisoblashishga o‘rganishi lozim. Qo‘ni-qo‘shni, mahalla-ko‘y ham shu hududdagi har bir kishining xatti-harakatini kuzatib borishi, xatoga yo‘l qo‘ygan qo‘shnini o‘z vaqtida tartibga chaqirishi kerak. Shundagina kuchli jamiyat shakllanadi. Bugun mamlakatda yoshlar tarbiyasi, ma'naviyat masalalariga alohida e'tibor qaratilayotgani bejiz emas. Kelajak egalariga suyaklari qotishidan oldin tarbiya berish lozim.
Mavzuga oid
16:23 / 24.06.2026
Xorazmda ham jamoat transportida to‘lovlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
20:25 / 10.06.2026