Texnologiya | 23:56 / 15.01.2018
5183
2 daqiqa o‘qiladi

Singapurda suvning sifatini nazorat qilish uchun robot-turnalar qo‘llanadi

Foto: screenshot

Singapurda beshta mahalliy suv omborida suvning sifatini monitoring qilish uchun robot-turnalardan foydaniladi. Bu haqda Channel News Asia xabar bermoqda.  

Turnalarni eslatuvchi SWAN (Smart Water Assessment Network) robotlari Singapurning bir nechta institutlari mutaxassislari tomondan Suv zaxiralari agentligi ishtirokida ishlab chiqilgan va 2014 yilda sinovdan o‘tkazilgan, 2016 yilda esa robotning sinovlardan o‘tkazish dasturi yakunlangan. 

Robotlar ikkita motorcha va suv sifati haqida ma'lumotlar, jumladan suvning ishqoriyligi, undagi kislorod miqdori, tiniqligi va xlorofill miqdori haqida ma'lumotlar olish uchun datchiklar bilan jihozlangan.

Ayni vaqtda suvning tahlili qayiqlarda suv namunalarini olish bilan amalga oshiriladi. Bunga inson resurslari, namunalarni yetkazish uchun vaqt ketadi. Bu esa favqulodda hodisa yuz berganda va tezkor javob berish zarurligida pand berishi mumkin. Robotlar esa real vaqtda ma'lumotlarni jo‘natishi mumkin va operator kuzatuvida avtonom rejimda ishlaydi.  

Ta'kidlash joizki, bu robotlar o‘z turidagi birinchilari emas. O‘tgan yil yozida Lozanna federal politexnika maktabi muhandislari guruhi ilonni eslatuvchi robot yaratishgan. Bu robot suvning tozaligi va uning ifloslanishi manbalarini qidirish bilan shug‘ullanadi. 1,5 metr uzunlikka ega robot bir nechta moduldan tashkil topgan. Bu modullarning har biri motorcha bilan ta'minlangan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid