Jahon | 09:13 / 15.01.2018
24670
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada dengizga qulashiga bir baxya qolgan samolyot evakuatsiyasi videosi 

Foto: EPA

Internetda Turkiyaning Trabzonida dengiz bo‘yida joylashgan aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, jarlik yoqasidagi loyga botib qolgan yo‘lovchi samolyotidan yo‘lovchilarning evakuatsiya qilinishi videosi paydo bo‘ldi   

Videodan ko‘rinishicha, vahimaga tushgan odamlar samolyotni uning dum qismidagi favqulodda chiqish eshigidan tark etayotganlarini ko‘rish mumkin. Shuningdek, videoda o‘t o‘chiruvchilar samolyotga suv sepayotganlarini ko‘rish mumkin. Video muallifining ta'kidlashicha, avariyadan keyin yo‘lovchilar orasida sarosima boshlangan.

Voqea 13 yanvarda Pegasus Airlines aviakompaniyasining Anqaradan kelgan Boeing 737-800 samolyoti bilan yuz bergan. Samolyot bortida 162 kishi bo‘lgan. Hech kim jabrlanmagan. Voqeaga qaramasdan aeroport odatdagi ravishda ishlashda davom etgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid