Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda o‘tkaziladigan madaniy tadbirlarning "Yagona taqvim"i tuziladi
O‘zbekistonda o‘tkaziladigan turli madaniy tadbirlarning "Yagona taqvim"i ishlab chiqiladi. KUN.UZ muxbiri Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov bergan ma'lumotga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
"Mana, kuni kecha Denovda palov tayyorlash tadbiri tashkil qilindi, lekin uni ko‘pchilik bilmadi, bilganlar ham 2-3 kun qolganda xabardor qilindi. Agar shunday tadbirlarni oldindan rejalashtirib qo‘ysak, ko‘pchilik bundan xabar topadi.
Tuman, viloyat darajasida o‘tkaziladigan bunday tadbirlar juda ko‘p. Biz bu borada mahalliy hokimiyatlar bilan ishlab, ularga o‘z takliflarimizni bildirdik. Kelgusida O‘zbekistonda "Yagona taqvim" tuzilib, unga asosan reja bo‘yicha harakat qilinishi yo‘lga qo‘yiladi", - dedi A.A.Abduhakimov.
Qo‘mita raisi shuningdek "Klasterlar"ga ham alohida to‘xtalib quyidagilarni ma'lum qildi: "Klasterlar" bo‘yicha respublika miqyosida 44 ta hudud tanlab olindi. Bu asosan iqtisodiy nuqtai nazardan u qadar yaxshi rivojlanmagan hududlar, ya'ni uzoq qishloqlarimiz. Biz shunday taklif qilmoqchimizki, mahallalarimizda ko‘chalarni eski tarzda saqlab qolinsa, ya'ni devorlari hammasi loysuvoq bo‘lishi kerak, tomini shifr qilish kerak emas, imkon qadar turli zamonaviy antennalarsiz va h.k. Uy ichi zamonaviy bo‘lsa-da, tashqi tomonini aslicha saqlab qolish kerak. Bunday uylarga sayyohlar jalb qilinadi, uy egalarining daromadlari ko‘payadi, kerak bo‘lsa, ularga davlat tomonidan subsidiyalar ajratilishi ko‘rib chiqiladi".
Bundan tashqari, A.Abduhakimov ekoturizm deganda sayyohlar zamonaviy narsalarni xohlamasligi, ularni aynan noodatiylik qiziqtirishiga e'tibor qaratdi. "Bizda ba'zilar uyalishi mumkin, lekin chet elliklarga shu qiziq, ular shunday joyda yashab ko‘rmoqchi. Shuning uchun "Klasterlar"da aynan shu konsepsiyani ilgari surish kerak", - deya fikrini yakunlaydi u.
Mavzuga oid
16:47 / 19.06.2026
Toshkent viloyatida ekologiya mas’ullariga qat’iy choralar ko‘rildi
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026