Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kobul markazidagi Hindiston elchixonasiga raketa tushdi
Noma'lumlar tomondan otilgan raketa Afg‘oniston poytaxti Kobulning diplomatik mavzesi Vazir-Akbar-Xondagi Hindiston elchixonasi hududiga tushdi. Hindiston tashqi ishlar vazirligi vakili Ravish Kumar elchixona binosiga uncha katta ziyon yetmaganini ma'lum qilgan. Guvohlarning aytishicha, raketa yerga tushgandan keyin portlagan.
“Bir muddat avval Kobuldagi elchixonamiz hududiga raketa tushdi va elchixona majmuasining orqa tomonidagi binoga kichik zarar yetkazdi. Yong‘in va jabrlanganlar bo‘lmagan. Elchimizning ma'lum qilishicha, elchixonaning barcha xodimlari xavfsizlikda”, deb aytgan Kumar jurnalistlarga.
Raketani kim otgani va u qayerdan otilgani haqida hech qanday ma'lumot yo‘q. Afg‘onistonda harakat qiluvchi birorta ekstremistik guruh hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Mavzuga oid
15:42 / 14.01.2026
Eron Rossiyaga qariyb 3 mlrd dollarlik raketalar sotgan
07:24 / 12.01.2026
Kosmos-2026: yangi raketalar, Oyga parvozlar va ulkan rejalar
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
09:15 / 29.11.2025