Jahon | 18:59 / 16.01.2018
5605
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro homilador ayollarga 3 dollardan nafaqa to‘lamoqchi 

Foto: Reuters

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro xalqqa har yilgi murojaatida homilador ayollarga oyiga 3,83 dollardan to‘lashga va'da berdi. Bu haqda CNN xabar qilmoqda.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, ayollar homiladorlik paytida 700 ming bolivardan olishadi, bu joriy kurs bo‘yicha hisob-kitobda 3,83 AQSh dollariga teng. Bola dunyoga kelganidan so‘ng, yosh onalar yana 1 mln bolivar yoki 5,48 dollar olishlari mumkin bo‘ladi.

CNN’ga ko‘ra, iqtisodiy inqiroz sharoitida bunday to‘lovlar taqchil tibbiyot vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari va birinchi ehtiyoj buyumlarini xarid qilishga ham yetmaydi. Bundan tashqari, pullarni olish uchun Venesuela fuqarosi shaxsini tasdiqlovchi yangi hujjatni taqdim etish kerak, u esa mamlakatning aksariyat aholisida yo‘qdir. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid