Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston U-23 chorak finalda Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
Xitoyda davom etayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi o‘z tarixida birinchi marta chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Bugun terma jamoaning chorak finaldagi raqibi ma'lum bo‘ldi. «B» guruhida yakuniga yetgan 3-tur o‘yinida Yaponiya KXDR terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va 9 ochko jamg‘argan holda guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Natijada O‘zbekiston Osiyo chempionati chorak finalida «A» guruhining 2-o‘rindagi jamoasi sifatida Yaponiyaga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi. Uchrashuv 19 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning dekabr oyida Tailandda bo‘lib o‘tgan Xalqaro musobaqa finalida Ravshan Haydarov shogirdlari aynan mana shu Yaponiya terma jamoasiga qarshi bahs olib borib, asosiy vaqtda 2:2 hisobida durang qayd etishgandi. Penaltilar seriyasida esa O‘zbekiston terma jamoasi darvozaboni ishonchli o‘yin namoyish qilib, O‘zbekiston xalqaro musobaqa g‘olibiga aylanishgandi.
Mavzuga oid
12:16 / 07.03.2026
Vengriya universitetida o‘zbek tili kurslari ochiladi
15:28 / 02.03.2026
Yanvarda tashqi savdo aylanmasi 1,3 mlrd dollarga oshdi
18:10 / 28.02.2026
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarni ogohlantirdi
14:16 / 25.02.2026