Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:21 / 17.01.2018
6713
1 daqiqa o‘qiladi
Chexiya hukumati iste'foga chiqdi
Foto: ČTK
Chexiya hukumati bosh vazir Andrey Babish boshchiligida iste'foga chiqdi. Bu haqda Irozhlas xabar bermoqda.
Xabarda ta'kidlanishicha, mamlakat vazirlar mahkamasi prezident Milosh Zeman tomonidan yangi hukumat tayinlangunga qadar o‘z vazifasini bajarishda davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, Chexiya prezidenti Milosh Zeman NFA («Norozi fuqarolar aksiyasi») markaziy siyosiy harakati yetakchisi, milliarder Andrey Babishni 6 dekabr kuni respublika bosh vaziri etib tayinlagandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish