Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:13 / 17.01.2018
4001
1 daqiqa o‘qiladi
Kolumbiyada vertolyot qulashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
Foto: newsok.com
Kolumbiyada harbiy vertolyot qulashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat armiyasi qo‘mondoni Rikardo Gomes Neto tvitterda ma'lum qildi.
Uning aytishicha, falokat Antioxiya departamentidagi Segoviya shahri yaqinida yuz bergan.
Ma'lum qilinishicha, falokat oqibatida ekipajning 4 a'zosi va yana 6 kishining hayoti uzilgan. Halok bo‘lganlar oilalariga moddiy kompensatsiya to‘lanishi aytilgan.
Ushbu voqeaning sabab va tafsilotlari tergov qilina boshlagan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish