Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonlik muxlis Messining dastxati tushirilgan futbolkaga ega bo‘ldi
Qoraqalpog‘istonlik futbol muxlisi Ruslan Tashimov o‘zining sevimli jamoasi «Barselona» hujumchisi Lionel Messi dastxati tushirilgan sovg‘alarga ega bo‘ldi. Bu haqda kruz.uz xabar tarqatdi.
«Oktyabr oyining boshida Ispaniyaning Barcelona shahridan kelgan sayyoh bilan Nukus shahrida tanishib qoldik. U meni ustimdagi «Barselona» formasini ko‘rib menga kelib: «Siz «Barcelona» muxlisimisiz?», deb so‘radi. «Ha. Men bolaligimdan «Barcelona» muxlisiman deb javob berdim. Biz u bilan ijtimoiy tarmoqlarda gaplashib turdik va u meni Barcelonaga taklif qildi.
Uning maxsus klinikasi bor edi. Leo Messi uning klinikasiga borib tibbiy ko‘rikdan o‘tib turar ekan. Menga Messining dasxati bilan birga «Barcelona» formasini sovg‘a qilmoqchiligini aytdi. Boshida men hazil deb o‘yladim, u takror so‘radi va yubormoqchiligini takidladi, buni qarang o‘sha sovg‘alar bugun qo‘limda», deya gapirib bergan Ruslan Tashimov.
Mavzuga oid
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
18:23 / 22.08.2025
Nukus shahrida chang bo‘roni kuzatilmoqda
11:19 / 19.08.2025
Qoraqalpog‘istonda mayning uchun maxsus zona tashkil etilishi mumkin
07:42 / 16.08.2025