Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seul va Pxenyan Olimpiada bo‘yicha muloqotni amaliy darajada boshladi
Pxanmunjom chegaraoldi punktida Janubiy Koreyaning Pyongchangida bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiadada KXDR delegatsiyasi ishtiroki bo‘yicha muzokaralar amaliy darajada boshlandi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Tomonlar uchrashuv davomida KXDR delegatsiyasining o‘yinlardagi ishtiroki texnik jihatlarini muhokama qiladi – xususan, joylashtirish va logistika masalasi. Bundan tashqari, mamlakatlar sportchilarining ochilish va yopilish marosimida yagona bayroq ostida o‘tishi imkoniyati ham muhokama qilinishi mumkin.
Muzokaralar avvalida Koreya Respublikasining Birlashuv vazirligi rahbari o‘rinbosari Chun Xe Son muloqot o‘zaro hurmat hamda tushunish asosida bo‘lib o‘tishiga umid bildirdi.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
19:26 / 06.05.2026