Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR yadroviy salohiyati baholandi
Shimoliy Koreyada taxminan 20ta jangovar kallak bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, Pxenyan yana 60ta jangovar kallakni ishlab chiqarish uchun materiallarga ega bo‘lishi ehtimolga yaqin. Bu haqda RIA «Novosti» amerikalik olimlar Gans Kristensen va Robert Norrisning «Yadrochi-olimlar byulleteni» jurnalidagi maqolasiga tayangan holda xabar bermoqda.
«Ochiq ma'lumotlarga asoslanib, biz Shimoliy Koreya radioaktiv material ishlab chiqargan bo‘lishi mumkin jangovar kallaklar sonini 30-60taga baholaymiz. U 10 dan 20 ga qadar jangovar kallakni tayyorlab qo‘ygan bo‘lishi ehtimolga yaqin. Shimoliy Koreyada «Nodon» kabi kichik masofadagi raketalar uchun yadroviy kallaklar ham bo‘lishi mumkin», - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, KXDRda atmosferaga takroran chiqishni amalga oshirish imkoniyati bor yoki yo‘qligi noma'lum, bu «qit'alararo ballistik raketa radiusida harakatlarga tayyor yadroviy jangovar kallak tayyor ekanini ko‘rsatib berish» uchun qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR AQSh, Rossiya va Xitoy o‘rtasida mojaro yuzaga keltirmoqchi ekani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
23:16 / 18.05.2026
AQSh Eronning kelishuv bo‘yicha yangi taklifini «yetarli emas» deb hisobladi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
19:56 / 10.04.2026