Jahon | 20:40 / 18.01.2018
8642
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyada turk harbiy samolyotlari urib tushirilishi aytildi 

Suriya havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari tiklandi va Suriya havo hududidagi har qanday turk harbiy samolyotini urib tushirishga qodir. Bu haqda Suriya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Faysal Mikdad ma'lum qildi.    

“Biz ogohlantiramiz, Suriya havo hujumiga qarshi mudofaasi tiklandi va Suriya ustidagi turk harbiy samolyotlarini yo‘q qilishga tayyor, bu esa Suriyaga qarshi tajovuz qilganlar o‘zlarini sayrda yurgandek his qilmasinlar deganidir”, deb aytgan Mikdad. 

17 yanvarda Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Bakir Bo‘zdag Anqara Moskva va Vashington bilan Suriyaning Afrin shahrida suriyalik kurdlarning qurollangan tuzilmalariga qarshi operatsiya o‘tkazishi mumkinligi bo‘yicha maslahatlar o‘tkazayotganini ma'lum qilgan. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Turkiya Suriya bilan chegaradagi qo‘shinlarini yuqori harbiy tayyorgarlik holatiga keltirgan.     

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid