Yevropa Ittifoqi Venesuelaning 7 nafar amaldoriga qarshi sanksiyalar kiritdi
Yevropa Ittifoqi kengashi o‘z qarori bilan Venesuelaning 7 nafar yuqori lavozimli amaldoriga qarshi sanksiyalar kiritdi. Endi bu shaxslarga Yevropa Ittifoqi davlatlariga kirish taqiqlanadi hamda Yevropa Ittifoqidagi ularga tegishli aktivlar muzlatiladi.
22 yanvarda chop etilgan qarorga ko‘ra, “qora ro‘yxat”ga Venesuela milliy gvardiyasining sobiq qo‘mondonlari, hozirda ichki ishlar vaziri va Karakas hukumati rahbari lavozimlarini egallayotgan Nestor Reverol va Antonio Torres, davlat xavfsizlik xizmati SeBIN rahbari Gustavo Lopes, bosh prokuror Tarek Saab, Oliy sud raisi Maykel Moreno, Milliy saylov kengashi rahbari Tibisay Lyusena va Venesuela Yagona sotsialistik partiyasi rahbari o‘rinbosari Diosdado Kabelo kiritildi.
Yevropa Ittifoqi kengashi qarorida ta'kidlanishicha, sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilganlar Venesuelada inson huquqlarining jiddiy qoidabuzarliklari hamda fuqarolik jamiyati va demokratik muxolifatni bostirish uchun javobgarlar.
Yevropa Ittifoqi chop etgan hujjatda aytilishicha, zarurat bo‘lganda venesuelalik siyosatchilar va amaldorlarga qarshi kiritilgan sanksiyalar “demokratik tamoyillar yoki qonun ustuvorligini hurmat qilmaganlar va inson huquqlarini poy-mol qilganlar”ni qora ro‘yxatga kiritish yo‘li bilan kengaytirilishi mumkin.
2017 yil yozda bir qator venesuelalik amaldorlar va siyosatchilarga qarshi AQSh tomondan sanksiyalar kiritilgan.
Mavzuga oid
23:20 / 13.10.2024
Serbiya bosh vaziri o‘rinbosari BRIKS mamlakat uchun YeIning muqobiliga aylanishini aytdi
19:56 / 13.10.2024
Venesuela hukumati jurnalistlarning xorijga chiqish pasportlarini tortib olayotgani ma’lum bo‘ldi
10:30 / 10.10.2024
Shiorini hayqirgan Orban va Bella Ciao'ni kuylagan so‘llar: YePda Vengriya bosh vaziri bilan keskin munozara yuz berdi
20:47 / 08.10.2024