Jamiyat | 19:40 / 23.01.2018
14696
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida 38 mln so‘mlik otlar o‘g‘irlab ketildi

2018 yil 21 yanvar kunidan 22 yanvar kuniga o‘tar kechasi Toshkent tumanida yashovchi, muqaddam O‘zR JKning 169-moddasi 3-qismi bilan sudlangan H.A. va uning mahalladoshi A.Yu. Bo‘ka tumanida 5 bosh otni o‘g‘irlab ketishgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, ular Ko‘korol mahallasi hududida joylashgan “Ko‘korol-Zamin yoshlari” fermer xo‘jaligi dala maydonidan bog‘loq holda turgan jami bahosi 38.000.000 so‘m bo‘lgan 5 bosh otni (moddiy manfaat ko‘rish maqsadida) erkin yo‘l bilan o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan. Otlar Ko‘korol mahallasida yashovchi R.M. va M.N.larga tegishli bo‘lgani aniqlangan. Olib borilgan tezkor surishtiruv tadbirlar natijasida daliliy ashyo sifatida 2 bosh ot olingan. 

Bo‘ka Tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zR JKning 169-moddasi 
2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Mavzuga oid