Jahon | 08:30 / 23.01.2018
3872
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQShning vaqtinchalik byudjyetini imzoladi 

Foto: Snbc.com

AQSh prezidenti Donald Tramp kongressning ikki palatasi tomondan qabul qilingan, federal hukumatni moliyalashtirishni 8 fevralgacha uzaytiruvchi vaqtinchalik byudjyetni imzoladi. Bu haqda Oq uy ma'lum qildi.

Shu tariqa, Tramp federal hukumat faoliyatidagi uch kunlik majburiy tanaffusga barham berdi. Senatda vaqtinchalik byudjyetga ovoz berish vaqtida ovozlar quyidagicha taqsimlangan: 81 ta rozi va 18 ta qarshi ovoz. Vakillar palatasida qonun loyihasiga 266 ta rozi, 150 ta qarshi ovoz berilgan.

Vaqtinchalik byudjyet 2018 moliyaviy yil boshlangan 2017 yil 1 oktabrdan beri to‘rtinchi marta qabul qilinmoqda. Respublikachilar va demokratlar byudjyet bo‘yicha kelisha olishmayapti. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid