Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barcha yakka tartibdagi tadbirkorlar savdosida hisobga olishning yangi tartibi
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining qarori (29.12.2017 yilda 2958-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) bilan Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromadlarini va tovar operatsiyalarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Norma.uz’ning yozishicha, nizomning eski tahriri o‘z kuchini yo‘qotdi. O‘zgartirishlarni ko‘rish uchun ikkala hujjat solishtiriladi.

Hisob daftari va Tovar cheklari daftari shakllari, shuningdek hisobotlar shakllari avvalgidek qoldi. Hisobotni taqdim etish davriyligi va muddatlari o‘zgarmadi:
• savdo faoliyatini amalga oshiruvchi YaTT tomonidan – yilning har bir choragi yakunlari bo‘yicha hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay;
• tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib kiradigan YaTT tomonidan – har oyning yakunlari bo‘yicha hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay.
Ushbu hujjat 30.12.2017 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
08:16 / 02.06.2026
Top-10: dunyo savdosida eng katta ulushga ega davlatlar
19:50 / 23.04.2026
“Jarimasi katta bo‘ladi” – soliq raisi YaTT shaklida chek berayotgan kafelarni ogohlantirdi
09:02 / 12.03.2026