O‘zbekiston | 19:00 / 24.01.2018
13269
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda ikkinchi tramvay liniyasi ishga tushadi

Foto: KUN.UZ

30 yanvardan Samarqand shahrida “Vokzal - Siyob bozori” yo‘nalishi bo‘yicha 2-tramvay liniyasi rasman ishga tushadi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Yangi yo‘nalish bo‘yicha sinov safari 25 yanvarda o‘tkaziladi. Yetkazib kelingan tramvaylar ayni vaqtda ekspluatatsiyaga tayyorlanmoqda. Bekatlar ham shay qilib qo‘yilgan.

“Vokzal-Siyob bozori” yo‘nalishi 5 kilometrdan iborat bo‘lib, 18 ta bekatni o‘z ichiga olgan. Har qatnov oralig‘i 7 minut. Yo‘lovchi bu yo‘nalishda shahar vokzalidan Siyob bozoriga 20 daqiqada yetib olishi mumkin.

Ma'lumot uchun, kelgusida Samarqand shahrida 3-tramvay liniyasini ishga tushirish rejalashtirilgan. 23,2 kilometr uzunlikdagi bu liniya shaharning Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasidan Kimyogarlar shaharchasiga qadar harakatlanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid