Jahon | 19:30 / 24.01.2018
12461
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiya Afrin amaliyotidagi yo‘qotishlar haqida ma'lumot berdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an «Zaytun novdasi» amaliyoti davomida 268 kurd jangarisi yo‘q qilingani, Turkiya va Suriya mustaqil armiyasi esa 7-8 kishini yo‘qotgani haqida aytib o‘tdi. Bu haqda Anadolu xabar bergan.
«Turkiya qurolli kuchlari «Zaytun novdasi» amaliyoti davomida yo‘qotishlarga uchradi, yaralanganlar bor. Biroq, Turkiya QK va Suriya muxolifati safida ilk to‘rt kunda yo‘qotishlar soni yetti-sakkiz kishini tashkil qilgan bo‘lsa, raqibning 268 jangarisi yo‘q qilindi. Amaliyot terrorchilar butunlay yo‘q qilinmagunga qadar davom etadi», - deya ma'lum qilgan Erdo‘g‘an.
Avvalroq Erdo‘g‘an Turkiya chegarasi bo‘ylab kuzatilayotgan «o‘yinlar»ni tilga olgandi.