Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqara va Vashington o‘rtasida ishonchni qaytarish kerak – Chovusho‘g‘li
AQSh bilan Suriyada xavfsizlik hududini yaratishni muhokama qilishdan avval Anqara va Vashington o‘rtasida o‘zaro ishonch muhitini tiklash lozim, deb aytdi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li.
Chovusho‘g‘li Turkiya va AQSh prezidentlarining telefon muloqotiga izoh berar ekan, AQSh tomoni ikki davlat yetakchilari suhbati bo‘lib o‘tishidan avvaloq uning matnini tayyorlab qo‘ygan. Shu sababli xabar Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Donald Tramp suhbatining mohiyatini to‘liq aks ettirmagan, deb aytdi Chovusho‘g‘li.
Avvalroq Anqara Oq uy 24 yanvarda Turkiya va AQSh yetakchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbatning mazmunini noto‘g‘ri va chala berganidan norozilik bildirgan. Jumladan, xabar matnida Tramp “Afrindagi zo‘ravonlikning avj olishi AQSh va Turkiyaning Suriyadagi umumiy maqsadlariga erishishda xalaqit berishi mumkinligidan xavotir bildirgani” aytilgan.
Mavzuga oid
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026