Shimoliy Koreya hukumati butun koreys millatiga murojaat bilan chiqdi
Shimoliy Koreya hukumati butun koreys millatiga Pxenyan va Seul o‘rtasida harbiy keskinlikni yumshatish chaqirig‘i bilan murojaat qildi.
Murojaatda aytilishicha, koreys millatini birlashtirish eng muhim vazifa hisoblanadi. Ta'kidlanishicha, Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya mamlakatni birlashtirish masalasida mustaqil holda qaror qabul qilishi kerak, uchinchi tomonlarning bu masalaga aralashishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Shimoliy koreyaliklar, shuningdek, Pxenyanning raketa va yadroviy dasturlari sababli Shimoliy Koreya nomiga tanqidni kamaytirishni taklif qilishgan. Pxenyanda ta'kidlanishicha, bu dasturlar Shimol va Janub o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishiga xalaqit qilmaydi.
Pxenyan koreys millatini yadroviy urushni keltirib chiqarishga urinayotgan AQShga qarshi turishga chorlagan.
Murojaatda Shimol va Janub o‘rtasida gumanitar soha va siyosiy yo‘nalishlar bo‘yicha aloqalarni faollashtirish taklif qilingan. Jumladan, siyosiy partiyalar o‘rtasida aloqalarni mustahkamlash zarurligi ta'kidlangan. Umuman olganda, Shimoliy Koreya hukumatining fikricha, 2018 yil tomonlar pozitsiyalarining yaqinlashishi masalasida “keskin burilish yili” bo‘ladi.
Mavzuga oid
22:41 / 13.10.2024
Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreyani «dahshatli halokat»dan ogohlantirdi
20:32 / 09.10.2024
KXDR Janubiy Koreyaga olib boruvchi barcha avtomobil va temiryo‘llarni yopadi
17:12 / 08.10.2024
Shimoliy Koreya Rossiyani qo‘llash uchun Ukrainaga harbiylarini yuborishi mumkin
21:47 / 06.10.2024