Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask ognemyot sotishni rejalashtirmoqda
SpaceX kompaniyasining bosh direktori va asoschisi Ilon Mask ognemyotlar sotishni boshlamoqchi. Bunday fikrga Reddit foydalanuvchilari keldilar.
Ko‘rinishicha, Mask dekabrda ognemyotlar sotishni boshlashi haqida ma'lum qilganda hazillashmagan. Foydalanuvchilar joriy haftada Maskning yer osti tunnellarini burg‘ulash kompaniyasi The Boring Company saytida qurol haqidagi ma'lumotlar berilgan sahifaga boringcompany.com/flamethrower havolasi paydo bo‘lganini aniqlashgan.
Havola bo‘yicha o‘tilganda brauzerda parol bilan himoyalangan sahifa ochilgan. Foydalanuvchilardan biri parol “olov” (flame) ekanini aniqlagan, biroq hozirda bu parol o‘zgartirilgan. Sahifada ognemyotga 600 dollardan buyurtma berish mumkinligi aytilgan. Buyurtmani aprelga yetkazib berish va'da qilingan. “Suratda qurilmaning prototipi joylashgan. Yakuniy mahsulot bundan yaxshiroq bo‘ladi”, deb aytilgan mahsulotga berilgan ta'rifda. Ma'lum qilinishicha, ognemyot straykbol o‘yini uchun modifikatsiyalashgan Airsoft miltig‘iga o‘xshaydi.
11 dekabrda Mask The Boring Company’ning 50 mingta kepkasini sotib bo‘lgach, ognemyot chiqarishga va'da qilgandi. 19 oktabrda Mask Instagram’dagi akkauntida uning ishtirokida yaratilgan, The Boring Company yozuvi bo‘lgan qora kepkani taqdim qilgandi. Kepkani 20 dollarga sotib olish mumkin bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:42 / 12.06.2026
Ilon Mask - insoniyat tarixidagi birinchi trillioner
16:26 / 12.06.2026
Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanish arafasida: SpaceX aksiyalari sotuvga chiqyapti
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
08:50 / 12.06.2026