O‘zbekiston | 10:26 / 26.01.2018
23192
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Fuqarolik-protsessual kodeksi tasdiqlandi

Foto: Fotolia

Fuqarolik-protsessual kodeksi tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi “Huquqiy axborot” kanalida. Kodeks 1997 yilda qabul qilingan Fuqarolik-protsessual kodeksi normalari va qoidalari asosida ishlab chiqilgan.

Kodeksda quyidagi yangi qoidalar nazarda tutilgan:

ish yurituvi prinsiplari alohida bobga ajratilgan;
protsessual majburlov choralari tushunchalarini ta'riflash, bunday choralarni qo‘llash tartibini aniqlash ularni bir tizimga solish maqsadida protsessual majburlov choralari tushunchasini, asosini va tartibini belgilovchi yangi bob kiritilgan;
yarashtiruv tartib taomillari joriy etildi;
yo‘qolgan sud va ijro ishini tiklash masalalari tartibga solingan;
voyaga yetmagan shaxsni to‘la muomalaga layoqatli deb topish tartibi kiritildi;
chet el sudlari va arbitrajlarining hal qiluv qarorini e'tirof etish va ijro etish tartibini belgilovchi yangi bob kiritildi.

Bundan tashqari kodeksda quyidagi institutlar takomillashtirildi:

arizani ko‘rmasdan qoldirish;
ishni sudda ko‘rishga tayyorlash;
alohida tartibda ish yuritish;
nazorat instansiyasi.

Kodeks 2018 yil 1 apreldan kuchga kiradi.

Mavzuga oid