Namangan shahar hokimining yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni kelajakdagi maqsad va istaklarini ruyobga chiqarish, jamiyatning faol fuqarolik pozitsiyasiga ega a'zosi bo‘lib shakllanishlariga imkoniyatlar yaratish maqsadida Namangan shahar hokimining yoshlar bilan uchrashuvlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan shahar Kengashi tomonidan o‘tkazilgan "Hokim va muammoli yoshlar" uchrashuvida shahardagi boshqarma, bo‘limlar bilan birgalikda tadbirkorlik sub'yektlari ham qatnashishdi. Uchrashuvga kelgan 281 nafar yoshlar shahar hokimi Shavkatjon Abdurazaqov bilan bevosita muloqot qilishdi. Uchrashuv jarayonida 66 nafar yoshlar doimiy ish joyiga ega bo‘lishdi, 47 nafari esa mavsumiy ish bilan ta'minlandi. Tadbirkorlik faoliyatiga qiziqish bildirgan yoshlarning 32 nafari banklar tomonidan beriladigan imtiyozli kreditlar olishlarida ko‘maklashildi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, shahar hokimi tomonidan yoshlarning ishbilarmonlik va tadbirkorlik sohasidagi tushunchalarini oshirish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan shahar Kengashi qoshida alohida “Biznes inkubator” tashkil qilinadigan bo‘ldi.
Mavzuga oid
07:40
Namanganda mashina «bagaji» ustida o‘tirib harakatlangan yigit vafot etdi
15:33 / 13.10.2024
Namanganda 1,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasini noqonuniy ishlatgan MChJ aniqlandi
14:01 / 13.10.2024
“Ko‘p narsa hokimlarning saviyasiga bog‘liq” - vatanga qaytgan investor qanday to‘siqlarga uchradi?
22:29 / 11.10.2024