Jamiyat | 18:00 / 28.01.2018
33178
2 daqiqa o‘qiladi

Hech qayerda ishlamagan shaxslar ham pensiyaga chiqishi mumkinmi?

Fuqaro hech qayerda ishlamagan shaxslar ham pensiyaga chiqishi mumkinmiligi, chiqa olsa necha yoshdan chiqishi kerakligini so‘rab murojaat qilgan. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi kanalida keltirilgan.

Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risidagi qonuniga asosan ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolar va ularning oilalari davlat pensiyalari olish huquqiga ega emas.

Ularning ijtimoiy ta'minlanish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomga asosan  ish stajiga ega bo‘lmagan shaxsga yoshga doir nafaqa mehnatga layoqatli voyaga yetgan farzandlari, qarindoshlari yoki Oila kodeksiga muvofiq ularni ta'minlashga majbur bo‘lgan boshqa shaxslar bo‘lmagan taqdirda tayinlanadi.

Mavzuga oid