Jamiyat | 16:10 / 28.01.2018
7772
1 daqiqa o‘qiladi

IKEA asoschisi Ingvar Kamprad vafot etdi

Shvetsiyaning mebellar ishlab chiqaruvchi IKEA koporatsiyasi asoschisi Ingvar Kamprad 27 yanvar kuni Smoland shahridagi uyida o‘z yaqinlari davrasida vafot etdi. Bu haqda kompaniya press-relizida ma'lum qilingan.

Kamprad IKEA kompaniyasiga 17 yoshida asos solgan — uning abbreviaturasi Ingvar Kamprad Elmtaryd Agunnaryd so‘zlaridan olingan, nomda uning to‘liq ismi va u yashagan ferma nomi keltirilgan.

1988 yildan buyon Kamprad kompaniya boshqaruvida ishtirok etmaydi, ammo u katta maslahatchi maqomida edi. U 1973 yildan Shveytsariyada yashay boshlagan, 2014 yilda yana Shvetsiyaga qaytgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid