Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda gripp epidemiyasi, 11 shtatdagi maktablar yopildi
AQShda gripp epidemiyasi tufayli birdaniga 11 shtatdagi maktablarda mashg‘ulotlar bekor qilindi. Bu haqda FoxNews xabar bermoqda.
Maktablar Aydaxo, Alabama, Illinoys, Kentukki, Michigan, Missuri, Oklaxoma, Shimoliy Karolina, Tennessi, Texas va Floridada yopildi.
USA Today telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, AQShda mavsum boshidan beri gripp tufayli voyaga yetmagan 37 shaxs hayotdan ko‘z yumdi. Kasallikning mavsumiy avj olishi 50 shtatdan 49 tasida qayd etilgan. FoxNews xabariga ko‘ra, o‘lim holatining ko‘pligiga shu narsa sababki, Qo‘shma Shtatlarda bu mavsumda AH3N2 gripp shtammi keng tarqaldi, u bolalar va 65 yoshdan katta bo‘lgan insonlar uchun juda xavflidir.
AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va ogohlantirish bo‘yicha markazidan xabar berishlaricha, mamlakatdagi gripp epidemiyasi pandemiyaga aylanib ketishi xavfi bor.
Mavzuga oid
23:50 / 11.01.2026
AQSh Eronga qo‘shin jo‘natish ehtimolini ko‘rib chiqmayapti – OAV
18:06 / 10.01.2026
Venesuela va AQSh diplomatik munosabatlarni tiklamoqchi
16:59 / 10.01.2026
Ishinger: Rossiya yevropaliklar bilan emas, AQSh bilan muzokaraga qiziqyapti
14:26 / 10.01.2026