Jahon | 22:54 / 29.01.2018
27910
1 daqiqa o‘qiladi

Itning panjasini o‘puvchi sher videosi jadal tarqalmoqda

Meksikalik tadbirkor va The Black Jaguar-White Tiger jamg‘armasi asoschisi Eduardo Serjio internetda oq sher va jigarrang labrador zotidagi itning do‘stligi haqidagi videoni joylashtirdi. Rolik bir onda virusga aylanib, instagram va tvitterda o‘n minglab namoyishlar to‘pladi. Uning bunday ommalashishiga sher itning old panjasini ko‘tarib uni o‘pib qo‘ygani sabab bo‘lgan.

Video Nature is Amazing tvitterida eng ko‘p namoyish yig‘di: bir kun ichida rolik 350 ming marta tomosha qilingan. Izoh qoldirganlar sherning xatti-harakatlaridan hayrat bildirib, uni “haqiqiy jyentlmen” deb ham atashgan.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid