Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Britaniyaga «buyuk savdo sherikligi»ni va'da qildi
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Buyuk Britaniya uchun Brexit’dan so‘ng «buyuk savdo sherigi»ga aylanadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Biz sizlar ikki yillik muddat bilan cheklangan ekaningizni bilamiz. Biroq, Buyuk Britaniya bilan kelishuvga erishamiz. Biz sizlar uchun buyuk savdo sherigiga aylanamiz», - deya ma'lum qilgan Tramp Britaniyaning ITV telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Xitoy va Rossiyani «bosib turish» uchun AQSh harbiy xarajatlarini oshirmoqchi ekani xabar qilingandi.