Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Xitoy va Rossiyani «bosib turish» uchun AQSh harbiy xarajatlarini oshirmoqchi
AQSh prezidenti Donald Tramp kongressga Qo‘shma Shtatlarning 2019 yilga harbiy byudjyetini 716 mlrd dollarga qadar oshirish taklifi bilan murojaat qilishi kutilyapti. Bu haqda The Washington Post yozgan.
Shu tariqa, mudofaaga byudjyet 2017 yilgi raqam (634 mlrd dollar) bilan solishtirganda 13 foizga oshadi. Mamlakatning 2018 yilga umumiy byudjyeti hali rasman tasdiqlanmagani tufayli, Pentagon xarajatlari hozircha o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga teng bo‘lib turibdi.
Mablag‘lar mamlakat yadroviy arsenalini qo‘llab-quvvatlash, boshqa davlatlardagi harbiy amaliyotlarga yo‘naltirilishi mumkin.
Gazetaning ta'kidlashicha, Trampning bunday qarori mudofaa vaziri Jyeyms Mettis g‘alaba qozonganini anglatadi, u Xitoy va Rossiyani «bosib turish» uchun armiyani qayta qurollantirishni xohlamoqda.
Avvalroq Tramp kuchli dollarni ko‘rmoqchi ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:03
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026
AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga chiqariladi
18:51 / 15.07.2026