Jahon | 09:05 / 30.01.2018
10236
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada fojia, o‘nlab insonlar halok bo‘ldi

Foto: nigerianews360

Nigeriya poytaxti Abuja shahri yaqinida avtobus ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda TVC news xabar qilmoqda.

Politsiya vakili Umar Ibrohimning xabar berishicha, 17 inson hodisa joyida vafot etgan, yana uch nafari shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi, yetti inson hamon jonlantirish bo‘limida qolmoqda.

Ta'kidlanishicha, hodisa haydovchi boshqaruvni yo‘qotgani va yuk mashinasiga kelib urilgani sababli yuz bergan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid