Jamiyat | 23:10 / 30.01.2018
78407
2 daqiqa o‘qiladi

Vodiy viloyatlari “zapravka”larida yana ikki-uch kilometrli navbatlar yuzaga keldi

Foto: Kun.uz

“Metan gaz quyish shoxobchalarida ahvol juda chatoq. Ertalab ikki soat past bosimda berishyapti. Haydovchilar 5-6 soatlab navbatda turganini ko‘rib rahmingiz keladi”, deydi Namangan viloyatining Uychi tumanidan aloqaga chiqqan KUN.UZ o‘quvchisi.

Andijon   va  Farg‘ona viloyatlarida ham xuddi shu holat. Aholi xonadonlarida isitish uchun tabiiy gaz muammosi, ishlab chiqarish korxonalarida ham gaz muammosi... Gaz idorasiga tadbirkor murojaat qilsa: “Aholiga beryapmiz”, degan javob oladi.

Yoqilg‘i qo‘yish shoxobchalarining tizimli ishlamasligi aholiga juda noqulayliklar tug‘dirmoqda. Yo‘lkira ikki-uch barobar oshgan. Viloyat gaz idoralaridan “zapravka”lar bo‘yicha savolga bir xil javob eshitasiz: “Transgaz” oz beryapti”.   “Nega unday?” deysiz, javob yo‘q. Axir viloyat o‘z gaz iste'molini qoplayotgan bo‘lsa, gazni berish kerak emasmi?

Ayni paytda, Toshkent yoki boshqa viloyatdan Qamchiq dovoni orqali vodiyga avtomashinada yo‘lga chiqsangiz, albatta, gaz balloningizni to‘ldirib, bakingizni liq qilib keling. Bo‘lmasa, sutkaning yarmida umringiz kutish bilan o‘tadi.      

 

Mavzuga oid