O‘zbekiston | 15:30 / 01.02.2018
37940
2 daqiqa o‘qiladi

2 fevral kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘ishi kuzatiladi

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahri. Respublika  Gidrometeorologiya   markazining   xabar    berishicha, 2 fevral kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, kechqurun yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, qor yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 0-5, Ustyurt bo‘ylab 5-10 daraja sovuq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Kechasi 2-7, cho‘l hududlari bo‘ylab 5-10 daraja sovuq, kunduzi  2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va  Sirdaryo  viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechqurun yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechqurun yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamolning tezligi ba'zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘adi. Shamolning tezligi ba'zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja iliq bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid