Chimkentdagi to‘yga endi 150 kilogramm og‘irlikka ega tort tayyorlandi
Qozog‘istonning Chimkent shahrida bo‘lib o‘tgan to‘y uchun og‘irligi 150 kilogramm keluvchi hashamatli tort tayyorlandi, deb xabar bermoqda otyrar.kz
Youtube’da e'lon qilingan videoda juda katta oq-pushti rangdagi tortni ko‘rish mumkin, uni maxsus taglikda birdaniga olti ofitsiant olib kirgan. Tortning og‘irligi 150 kilogramm keladi, balandligi esa taglik bilan qo‘shib hisoblaganda – taxminan 2,5 metr. Bunday qandolat shedevri o‘n qavatdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 yanvar kuni Chimkentda mahalliy oligarx Serikjan Seytjanovning nabirasi – Amirjon hamda qozog‘istonlik tadbirkor, Qozog‘iston prezidentining qarindoshi Qayrat Sotiboldining qizi – Arujanning to‘yi uchun 179 ming dollarlik tort tayyorlangani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:55 / 03.09.2024
Qozog‘iston janubidagi «avariya»da O‘zbekiston fuqarolari jabrlandi
09:20 / 30.12.2023
Chimkent shahrida O‘zbek tili va madaniyati markazi ochildi
18:22 / 23.12.2023
Ketma-ket 11 qurbon: umrbod qamalgan “kirakash” sinfdoshlarning seriyali qotilliklari
08:34 / 31.05.2023