Qozoğistonning Çimkent şahridagi Rixos mehmonxonasida 14 yanvar kuni juda haşamatli töy bölib ötgani, unga narxi 179 ming dollarlik tort tayyorlangani haqida xabar berilgandi.
Ma'lum bölişiça, Çimkentda mahalliy oligarx Serikjan Seytjanovning nabirasi – Amirjon hamda qozoğistonlik tadbirkor, Qozoğiston prezidentining qarindoşi Qayrat Sotiboldining qizi – Arujanning töyi bölib ötgan.
Kuyovning bobosi Serikjan Seytjanov, qozoğistonlik oligarx, Forbes Qozoğiston röyxatida 18-örinni egallaydi. Uning boyligi 296 mln dollarga baholanadi.
Kelinning otasi Qayrat Sotiboldi esa 1970 yilda Olmaotada tuğilgan. U Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning örtança akasining öğlidir. Sotiboldi Abişeviç Nazarboyev 1981 yilda avtohalokat natijasida hayotdan köz yumgan.
Avvalroq, Çimkentdagi töy uçun rossiyalik qandolatçi Renat Agzamov tomonidan narxi 179 ming dollar bölgan, balandligi 4,2 metr keluvçi tort tayyorlangani xabar qilingandi.











