Fan-texnika | 11:30 / 01.02.2018
6656
1 daqiqa o‘qiladi

Facebook 2017 yil moliyaviy yakunlari haqida ma'lum qildi 

Foto: AP

Facebook kompaniyasi 2017 yil yakunlari bo‘yicha 15,9 mlrd dollar sof foyda oldi. Bu haqda kompaniya hisobotida xabar berilgan.

Shu tariqa, daromad miqdori bir yil avvalgi ko‘rsatkich bilan solishtirganda 56 foizga oshgan.

Facebook daromadi ham ortgan – 27,6 mlrd dollardan 40,6 mlrd dollarga.

2017 yilning dekabrida har kuni ijtimoiy tarmoqqa kiruvchi foydalanuvchilar soni 1,4 mlrd.ga teng bo‘lgan bo‘lsa, 2,13 mlrd foydalanuvchi hech bo‘lmasa bir oyda bir marotaba kirgan. Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, har ikki ko‘rsatkichning yillik o‘sishi 14 foizni tashkil qildi.

Mavzuga oid