Jamiyat | 15:41 / 02.02.2018
27071
1 daqiqa o‘qiladi

Asakada 20 yoshli yigit odam o‘ldirdi

Andijon viloyatining Asaka tumanida qotillik yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, 31 yanvar kuni soat 16:30 larda Asaka tumani Pushmon ko‘chasida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan  L.A. Kamolot MFY Marg‘iloniy ko‘chasida joylashgan 51-sonli umumiy uy hovlisida o‘zaro janjal oqibatida shu hovlining 1-xonasida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan R.O‘.ning ko‘krak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada R.O‘. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.  L.A. qo‘lga olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid