Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi avtoturargohda birdaniga 7 avtomobil yonib ketdi
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida birdaniga yettita avtomashina yonib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 31 yanvar kuni soat 18:22da Yashnobod tumanida Asalobod 1-daha 1-uyda joylashgan «Eksilon Invest» MChJga qarashli avtoturargohda yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida avtoturargohning 100 kv.m maydonida joylashgan tom qismi va shu yerda bo‘lgan turli rusumdagi jami 7ta avtomashina, yonib zarar ko‘rgan. Yong‘in kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
10:25
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
10:25 / 17.06.2026
Farg‘onada yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
16:28 / 13.06.2026