Jahon | 12:30 / 02.02.2018
12063
2 daqiqa o‘qiladi

«Vaziyatni keskinlashtirmoqda» - KXDR BMTga maktub yo‘lladi

Foto: RIA "Novosti"

KXDR TIV rahbari Li Yon Xo BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshga yuborgan xatida ma'lum qilishicha, AQSh Koreya yarim orolida Shimol va Janubning muzokaralar jarayonida pozitsiyalari yaqinlashgani fonida «vaziyatni keskinlashtirmoqda». Bu haqda RT xabar qilgan.

Maktub matnida ta'kidlanishicha, yarim orolda Koreyalararo munosabatlarni sog‘lomlashtirishga olib kelishi mumkin bo‘lgan ijobiy holat kuzatilayotgan bir paytda, AQSh, Shimoliy Koreya TIV rahbari so‘zlariga ko‘ra, vaziyatni keskinlashtirishga urinmoqda.

«O‘ta xavfli, portlash yoqasida bo‘lgan harbiy vaziyat hukm surgan Koreya yarim orolida tub burilish yasashga yaqin turilibdi, u tinchlik hamda barqarorlikni o‘rnatishga yo‘naltirilgan... Biroq Amerika rahbarlari jamoatchilik fikrini xato yo‘lga boshlashmoqda, go‘yoki Shimol va Janub muzokaralari misli ko‘rilmagan sanksiyalar hamda bosim natijalari tufayli yuz bergandek...», - deyiladi hujjatda.

Shuningdek, KXDRdan xabar berishlaricha, kelajakda Janubiy Koreya bilan munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘riladi. Bundan tashqari, ular BMTni AQSh tomonidan nodo‘stona harakatlarga e'tibor qaratishga chaqirgan.

«Umid qilamanki, sizlar BMT Nizomi bo‘yicha o‘z missiyangizga muvofiq, AQShning yadro urushi vositalarini joylashtirish hamda yadro urushini boshlash bo‘yicha fitnalariga jiddiy e'tibor qaratasiz. Bu Koreyalararo munosabatlarni yaxshilashga zarar yetkazmoqda hamda vaziyatni keskinlashtirmoqda», - deyiladi maktub so‘nggida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid