O‘zbekiston | 17:11 / 02.02.2018
22374
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: KUN.UZ

Ulug‘bek Egamov Jizzax viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ish boshladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

U.Egamov 1984 yil 2 oktabrda Jizzax shahrida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini «Xalqaro huquq» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2015 – 2016 yillarda Yaponiya siyosiy tadqiqotlar davlat institutining «Davlat boshqaruvi» yo‘nalishi bo‘yicha magistraturasida tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini 2009 yil avgust oyidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining Xalqaro moliya institutlar va donor mamlakatlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarni hisobga olish va monitoring qilish boshqarmasining yetakchi mutaxassisi sifatida boshlagan. 2012 yil dekabr oyida ushbu boshqarmaning bosh mutaxassisi lavozimiga tasdiqlangan.

2017 yil noyabr oyidan U.Egamov o‘z mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining Axborot-tahlil Bosh boshqarmasining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘limida bosh mutaxassis lavozimida davom ettirdi.

2017 yil may oyidan joriy yilning fevral oyiga qadar U.Egamov O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining Tashqi savdoni boj-tarif orqali tartibga solishni takomillashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid