Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tez yordam»dagi o‘g‘ri
Andijon shahrida yashovchi fuqaro U.G. Andijon shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2018 yil 12 yanvar kuni soat 07:00larda yashash uyi mehmonxonasidagi televizori ustidan narxi 24.000.000 so‘mlik tilla taqinchoqlari: 1 dona zanjircha, 1 dona uzuk, 1 dona bilaguzuk va 1 juft ziraklari noma'lum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilganligini, o‘zi izlab topa olmaganligini bildirgan. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida noma'lum shaxs Andijon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.L. bo‘lib chiqdi. Olib borilgan profilaktik surishtiruv ishlari natijasida fuqaro A.L. 2018 yil 12 yanvar kuni soat 06:30 larda, U.G.ning chaqiruviga asosan yashash uyiga tez-tibbiy yordam avtomashinasida kelib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib chiqib ketayotib, yuqoridagi buyumlarini o‘g‘irlab ketganligi aniqlandi.
Mazkur holat bo‘yicha Andijon shahar IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:26 / 01.05.2026
Andijonda yer savdosida gumonlangan hokim yordamchisi va mahalla raisi qo‘lga olindi
17:00 / 28.04.2026
“Egnidagi formasiga ishonib qolibman” – Andijonda YXHB inspektori odamlarni chuv tushirdi
21:08 / 26.04.2026
Andijonda ikki kishini katta pul evaziga haj ziyoratiga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
22:05 / 12.04.2026