Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistondagi harbiy qismda portlash oqibatida 11 harbiy halok bo‘ldi
Foto: AFP 2018 / A Majeed
Pokistonning shimolidagi Svat okrugida joylashgan harbiy qismda terrorchi-hudkushning hujumi oqibatida 11 harbiy halok bo‘ldi, yana 13 nafari jarohat oldi. Bu haqda armiya matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda Geo TV telekanali xabar bermoqda.
3 harbiy voqea joyida, yana 7 nafari olingan jarohatlardan keyinroq halok bo‘lgan. Yana bir harbiyning o‘limi tafsilotlari ma'lum qilinmagan.
Terrorchi harbiy qismning sport maydonchasida portlashni amalga oshirgan. Voqea tergov qilinmoqda.
Pokiston bosh vaziri Shahid Hakan Abbosiy teraktni qoralab chiqdi va halok bo‘lganlar yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Mavzuga oid
17:49 / 01.04.2026
Xitoy va Pokiston Yaqin Sharqdagi urushni tugatish rejasini taklif qildi
21:20 / 30.03.2026
Pokistonda «yaqin kunlar ichida» AQSh va Eron muzokaralari o‘tkazilishi mumkin
09:10 / 25.03.2026
Pokiston Eron bo‘yicha muzokaralar uchun maydon taklif qildi
18:39 / 20.03.2026