Jahon | 17:16 / 05.02.2018
6472
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada haydovchilarga to‘xtab turgan mashinada telefondan foydalanish taqiqlanadi

Foto: Depositphotos

Fransiya hukumati haydovchilarga to‘xtab turgan mashinada mobil telefondan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda The Local xabar bermoqda.

Taqiq mashina yo‘l chetida to‘xtab turganida yoki avariyaviy chiroqlari yongan holda turgan vaziyatlarga ham tegishli bo‘ladi.

Fransiyada endi haydovchilar mobil telefondan istalgan vaqtda foydalanganlik uchun jarimaga tortilishi mumkin. Bunda mashina maxsus avtoturargohlar va xususiy yo‘llarda turgani istisnoga aylanadi.

Agarda haydovchi bu qoidalarni buzadigan bo‘lsa, u 135 yevrolik jarimaga tortiladi hamda haydovchilik litsenziyasiga uch yilga uch jarima ball qo‘shiladi.

Jarima baland tovush majmualaridan foydalangan haydovchilarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid