Jahon | 20:55 / 05.02.2018
18841
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik 800 metr yo‘lni o‘g‘irlab, pullab yubordi 

Foto: Ng Han Guan / AP

Xitoyning Sutsyan qishlog‘ida yashovchi erkak 800 metr uzunlikdagi beton yo‘lni o‘g‘irlab, so‘ngra uni sotib yubordi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar bermoqda. 

Tszyansu viloyati politsiyasining aniqlashicha, yo‘qolgan yo‘l oldida chiqindilar ortilgan yuk mashinasi payqalgan. Mashina rulida hech qayerda ishlamaydigan, Chju ismli mahalliy erkak o‘tirgan bo‘lgan. So‘roq vaqtida u yo‘lni o‘g‘irlaganini tan olgan. 

“Oxirgi vaqtda bu yo‘ldan ko‘p foydalanilmagan, shu sababli men uni o‘g‘irlab, sotib yuborish haqidagi fikrga keldim”, deb aytgan “yo‘l o‘g‘risi”. U o‘z rejasini amalga oshirish maqsadida ekskavator va bir nechta yuk mashinasi yollagan. Ular bir kechada eni 3,5 metr, uzunligi 800 metr keladigan yo‘l qoplamasini “ship-shiydon qilishgan”.

Chju 500 tonna beton bo‘laklarini tonnasini 10 yuandan (1,5 dollar) pullab, 5 ming yuan qo‘lga kiritgan. Unga o‘g‘rilik ayblovi qo‘yilgan. 

Mavzuga oid