Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya telekanali IShID «axborot vaziri» ushlanganini ma'lum qildi
Foto: Reuters
Turkiya politsiyasi Anqarada Umar Yyetekni qo‘lga oldi. Ushbu shaxs IShID terrorchilik guruhining «axborot vaziri» bo‘lgani gumon qilinmoqda. Bu haqda Haber Turk telekanali huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi manbaga asosan xabar berdi.
Yyetek guruh nazorati ostida bo‘lgan OAVda IShID faoliyatini yoritishga javob bergan. Shuningdek, u Turkiya hududidagi bir nechta teraktlarga aloqadorlikda gumonlanmoqda. Bundan tashqari, xavfsizlik boshqarmasi razvedka va terrorizm bilan kurash bo‘limining aniqlashicha, Yyetek qo‘lga olish paytida ham IShID bilan hamkorlikni davom ettirgan va jangarilarning yangi hujumlariga tayyorgarlik ko‘rishida qatnashgan.
Yyetek sud qaroriga ko‘ra hibsga olindi.
Mavzuga oid
12:54 / 14.03.2026
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi bitim tasdiqlandi
12:30 / 06.03.2026
NATO Eron xavfi ortidan raketaga qarshi mudofaani kuchaytiradi
08:51 / 30.01.2026
Anqarada “O‘zbekiston” turar joy majmuasi ochildi, Istanbulda o‘zbek maktabi qurilishiga start berildi
17:59 / 29.12.2025